
Xoland yana "Borussiya"ni qutqardi, "Ayntraxt" 1 kishi kam qolgan raqibini tor-mor keltirdi
Germaniya Bundesligasining 31-turida "Fortuna" klubi o‘z uyida Dortmundning "Borussiya"sini qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan yagona gol evaziga mag‘lub bo‘ldi.
Bellashuvdan so‘ng, dortmundliklarning ochkolari soni 66 taga etdi va turnir jadvalining etakchisi "Bavariya" bilan oradagi ochkolar farqi 4 tani tashkil etishiga sabab bo‘ldi.
"Gerta" klubi esa "Ayntraxt" jamoasiga qarshi o‘z maydonida bahslashdi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Avvaliga, mezbonlar hisboni ochib olishgan edi, 45-daqiqaga kelib, Boyata maydondan chetlashtirildi va ikkinchi bo‘limda Frankfurt klubi ketma-ket 4 bor raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.
Shu tariqa, "Ayntraxt" klubining ochkolari soni 38 taga etib, "Gerta" klubiga etib oldi va to‘plar-nisbatiga ko‘ra, berlinliklardan bir pog‘ona yuqoridan joy egallashdi.
Fikrlar