Xoland yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

  • 09.05.2022 22:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” to‘purari Erling Xoland “Manchester Siti” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, deb xabar tarqatdi taniqli jurnalist Fabritsio Romano.

Uning ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” Xoland transferini shu hafta ichi rasman e’lon qiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, norvegiyalik futbolchining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha amal qiladi va unga ko‘ra 21 yoshli hujumchiaftasiga 375 ming funt maosh oladi.

Xoland Dortmund klubiga 2020 yilning boshida “Zaltsburg”dan 20 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Shu kunga qadar norvegiyalik forvard “Borussiya” safida 88 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 85 ta gol va 23 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!