Xoland: Zlatanni menga o‘xshatmang
Norvegiyalik futbolchi yozdayoq “Borussiya”ni tark etishi mumkin. 19 yoshli hujumchiga “Manchester Yunayted” va “Real” klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Ba’zi OAV Xolandga yangi Zlatan sifatida qaramoqda. Futbolchining o‘zi bu haqida shunday dedi.
“Menga Zlatanning o‘yini yoqadi. U juda ko‘p klublar va chempionatlarda o‘zini sinab ko‘rgan. Men ham Ibragimovich kabi ko‘plab uslublarda o‘zimni sinab ko‘rishni istayman. Ammo meni unga o‘xshatmang. Men bu menman. Senga takliflar bo‘layotganini eshitish yoqimli. Demak, nimanidir to‘g‘ri bajaryapsan”, - deya fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Xoland “Borussiya” Dortmund a’zosiga aylangandan so‘ng barcha musobaqalarda 11 ta golga mualliflik qilishga ulgurdi.

Fikrlar