
Xolanddan Mbappegacha yoxud Evropa chempionatini "mensimagan" yulduzlar
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Vengriya va Sloveniya yashil maydonlari yoshlar o‘rtasidagi Evropa chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Biz rasmiy mezonlarga ko‘ra, U-21 Evropa chempionatida qatnashish uchun mos bo‘lgan, ammo turli sabablarga ko‘ra, ushbu musobaqaga bora olmagan mashhur futbolchilardan iborat ro‘yxatni tuzib chiqdik. Aytish kerakki, ro‘yxatda keltiriladigan futbolchilar Vengriya va Sloveniyadagi chempionatni yanada yorqinroq va tomoshabop qilishi aniq edi.
Qoidalarga ko‘ra, ushbu qit’a chempionatida 1998 yil 1 yanvardan keyin tug‘ilgan futbolchilar ishtirok etishlari mumkin.
Jeydon Sancho (Angliya)
Trent Aleksander-Arnold (Angliya)
Fil Foden (Angliya)
Bukayo Saka (Angliya)
Deklan Rays (Angliya)
Meyson Maunt (Angliya)
Ris Jeyms(Angliya)
Jud Bellingem (Angliya)
Kilian Mbappe (Frantsiya)
Dayo Upamekano (Frantsiya)
Ussem Auar (Frantsiya)
Erling Xoland (Norvegiya final bosqichiga chiqa olmagan)
Martin Edegor (Norvegiya final bosqichiga chiqa olmagan)
Ansu Fati (Ispaniya)
Pedri (Ispaniya)
Ferran Torres (Ispaniya)
Joau Felish (Portugaliya)
Pedru Netu (Portugaliya)
Matteis de Ligt (Niderlandiya)
Janluiji Donnarumma (Italiya)
Alessandro Bastoni (Italiya)
Nikolo Dzanolo (Italiya)
Moyze Kin (Italiya)
Kay Xaverts (Germaniya)
Florian Virtts (Germaniya)
Ma’lumot uchun, Vengriya va Sloveniyada o‘tkazilayotgan U-21 Evropa chempionati hisob bo‘yicha 23-musobaqa hisoblanadi. Musobaqaning guruh bosqichi 24 martdan 31 martgacha, pley-off bosqichi esa 31 maydan 6 iyungacha o‘tkaziladi.
Qit’a chempionati quyidagi shaharlardagi stadionlarda o‘tkazilmoqda:
Vengriya
Budapesht: «Bojik» stadioni
Der: «Dirmot» stadioni
Sekeshfexervar: «Shoshto» stadioni
Sombatxey: «Xaladash» stadioni
Sloveniya
Tsele: «Tsele» stadioni
Lyublyana: «Stojitse» stadioni
Koper: «Bonifika» stadioni
Maribor: «Lyudski vrt» stadioni
Fikrlar