Xolandga “Siti”da yangi vazifa yuklanadi

  • 27.06.2026 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”ning bo‘lajak bosh murabbiyi Enco Mareska 31 yoshli yarim himoyachi Bernardu Silva jamoani tark etganidan keyin yangi sardorni tanlash ustida ish olib bormoqda.

City Xtra xabariga ko‘ra, hozirda Mareskaning ro‘yxatida sardorlik uchun uch nafar asosiy nomzod bor: Ruben Diash, Rodri Ernandes va Erling Holand. Ularning barchasi jamoa kiyinish xonasidagi asosiy yetakchilar sifatida baholanmoqda.

Mareska yaqin kunlarda yakuniy qarorni qabul qiladi.

O‘tgan mavsum Angliya Premier-ligasida «Manchester Siti» 38 turda 78 ochko to‘plab, musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi. Jamoa chempion bo‘lgan «Arsenal»dan yetti ochko orqada qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!