Xolandga yangi taklif beriladi
“Manchester Siti” xo‘jayinlari Erling Xoland o‘yinidan hayratga tushgan va ular norvegiyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladigan bo‘lyapti. Bu haqda nufuzli Daily Star nashri jurnalistlari xabar tarqatdi.
Klub mutasaddilari 22 yoshli futbolchiga maoshlari ko‘tarilgan yangi bitim beradi. Bu taklif bo‘yicha muzokara joriy mavsum oxirida o‘tkazaladi.
Yaqinda Erlingning otasi futbolchi Angliyada uzoq qolmasligini va Evropaning kuchli beshlik ligalarida o‘ynamoqchi ekanini ma’lum qilgandi.
“Borussiya”dan 60 million evroga transfer qilingan hujumchi ayni paytda haftasiga 375 ming funt maosh olmoqda. Endi yangi bitim tuzilsa, uning daromadi yanada oshadi.

Fikrlar