Xolandning qaysi jamoaga o‘tishi aniq bo‘lib ulgurgan
Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Erling Xoland 2022 yil "Yuventus"ga o‘tadi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 2021/22 yilgi mavsum yakunlangach19 yoshli norvegiyalik futbolchi 75 mln evro evaziga “Yuventus”ga o‘tadi. Gap shundaki, uning agenti mijozi “Borussiya”ga utguniga qadar bo‘lgan muddatda turinliklar bilan kelishib qo‘ygan.
Ma’lumot uchun, Xoland “Borussi D” safiga joriy qishki transferlar davrida “RB Zaltsburg” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 8 ta o‘yinda 11 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar