
Xolland Germaniya futboli tarixida yangi sahifa ochdi
Dortmundning “Borussiya” klubi forvardi Erling Xolann kecha Germaniya kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Verder”ga (2:3) qarshi o‘yinda gol urishga erishdi.
E’tiborlisi, 19 yoshli norvegiyalik hujumchi dastlabki 4 ta o‘yinida 8 ta gol urgan Germaniya chempionati tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.
Erling budan avval «Augsburg» (5:3),«Kyoln» (5:1, dubl) va “Union” (5:0) klublari darvozasiga gol urgan edi.
Ma’lumot uchun, "Borussiya" Dortmund Xollanni joriy qishki transferlar davrida 20 mln evro evaziga "RB Zaltsburg" klubidan sotib olgan edi.
Fikrlar