Xolli Xolim 2017 yilda 15 marotaba USADA antidoping komissiyasi tomonidan tekshirildi
UFC jangchisi Xolli Xolim 2017 yilda 15 marotaba USADA antidoping komissiyasi tomonidan tekshirildi va o‘tgan mavsumda eng ko‘p testdan o‘tgan sportchiga aylandi.
2017 yilda shuningdek, Ti Jey Dillashou, Kris «Sayborg» Justino, Tisha Torres 14 marotaba tekshirilgan bo‘lsa, Vitor Belfort, Rey Borg, Daniel Korme, Anderson Silva 13 marotaba USADA tomonidan test sinovlariga chaqirtirildi. 12 marotaba esa Eddi Alvares, Xose Benavides, Aleksis Devis, Demetrius Jonson, Stipe Miochich ustidan test o‘tkazishdi. Mashhur Konor MakGregor esa 6 marotaba doping tekshiruviga borgan.
MDH jangchilari ro‘yxatida 12 marotaba Valentina Shevchenko, 11 – Xabib Nurmagomedov, 8 – Andrey Orlovskiy, Aleksey Oleynik va Marina Moroz, 6 – Aleksandr Volkov kabi sportchilar doping nazoratidan o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronda Rauzi 12 oy mobaynida biror marotaba doping tekshiruvidan o‘tmagan.

Fikrlar