Xonda Avstraliya klubidan ketishini e’lon qildi

  • 05.05.2019 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Faoliyatini Avstraliyaning "Melburn Viktori" klubida davom ettirayotgan yaponiyalik mashhur futbolchi Keysuke Xonda joriy mavsum yakunlangach ushbu jamoadan ketishini ma’lum qildi.

“Hozircha yangi mavsumni qaerda o‘tkazishim haqida bir qarorga kelmadim. Men Avstraliyaa faqat bir mavsum o‘ynashimni bilardim va shu bois mening jamoadan ketishim hech kimni ajablantirmasligi kerak”, - deydi Xonda.

Eslatib o‘tamiz, Xonda "Melburn Viktori" safiga 2018 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!