
XOQ prezidenti 2022 yilgi qishki Olimpiadaga birinchi taklifnomalarni jo‘natdi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax sakkiz mamlakatning Milliy olimpiya qo‘mitalarini rasmiy ravishda Pekinda 2022 yili bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiadaga taklif etdi.
Xitoy olimpiya qo‘mitasidan tashqari qishki Olimpiya o‘yinlari boshlanishidan bir yil avval zamonaviy Olimpiya o‘yinlari asoschisi Gretsiya, “Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlarining mezboni Yaponiya, 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarining mezboni Frantsiya, 2026 yilda Milan va Kortina-d’Ampetstsoda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarining mezboni Italiya, 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarining mezboni AQSh hamda Okeaniya va Afrikadan avvalgi qishki Olimpiya o‘yinlariga eng ko‘p sonli delegatsiyalarini yuborgan Avstraliya va Nigeriyaning olimpiya qo‘mitalari rasmiy taklifnomalar oldilar.
Eslatib o‘tamiz, Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlari 2022 yil 4-20 fevralda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Tez orada mazkur taklifnoma O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga ham yuborilishi kutilmoqda.
Fikrlar