
XOQ prezidenti Tokiodan turib sportchilarga murojaat qildi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Tokioga tashrifi paytida Olimpiya shaharchasidagi nutqida sportchilar kelgusi yili Olimpiya o‘yinlaridan unutilmas taassurot olishlariga va’da berdi.
“Siz butun hayotingiz davomida Olimpiya shaharchasidagi bu daqiqalarni hech qachon unutmaysiz. Bizning yapon do‘stlarimiz taklif etayotgan sharoitlar ham hisobga olinsa, taassurotlar mo‘’jizaviy bo‘ladi. Bu sakkiz oydan keyin bo‘ladi. Men sizlarni shu erda – Tokiodagi Olimpiya shaharchasida turib qutlayotganimdan nihoyatda mamnunman”, – dedi XOQ prezidenti Bax jahon sportchilariga qilgan videomurojaatida.
XOQ prezidenti ko‘pchilik sportchilar hozirgi paytda COVID-19 pandemiyasi bilan kurashish maqsadida sportchilarni ortda qolmaslikka da’vat etdi.
"Ushbu Olimpiya o‘yinlariga tayyorlaning va hozir ko‘pchiligingiz juda murakkab vaziyatlarga tushib qolganingizga qaramay yanada sabot bilan mashqlaringizni davom ettiring. Siz yana bir bor atrofga nazar tashlasangiz, buni qilishingiz kerakligiga amin bo‘lasiz. Men sizlar bilan "Tokio-2020"da uchrashishni sabrsizlik ila kutmoqdaman".
Fikrlar