
XOQ Rossiya Olimpiya Qo‘mitasining huquqlarini tikladi
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) Rossiya Olimpiya qo‘mitasining (ROQ) barcha huquqlarini tikladi. Bu haqida xorijiy OAVlar xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, XOQ olib borgan tekshiruvlardan so‘ng rossiyalik sportchilarning tahlili "toza" chiqdi va endilikda rus sportchilari o‘z mamlakatlari sharafini himoya qilishlari mumkin.
O‘tgan yilning 5 dekabrida XOQ rossiyalik sportchilarning doping tahlillari ijobiy ko‘rsatayotganini ta’kidlab, ROQni xalqaro tashkilot a’zoligidan chiqarib yuborgan edi. Natijada Janubiy Koreyada o‘tkazilgan qishki Olimpiya o‘yinlarida ko‘plab rossiyalik sportchilar musobaqadan chetlatilgan va ruxsat berilgan atletlar XOQ bayrog‘i ostida ishtirok etgan edilar. Endilikda ular Rossiya Federatsiya bayrog‘i ostida musobaqalarda qatnashishlari mumkin.
Fikrlar