
"Xorazm" Antaliyada qaysi raqiblarga qarshi maydonga tushadi?
2025 yilgi futbol mavsumiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida "Xorazm" futbol klubi joriy yilning 14-28 fevral sanalari davomida Turkiya Respublikasining Antaliya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘in doirasida 4 ta nazorat sinov uchrashuvlari o‘tkazilishi kelishib olingan.
17 fevral. Xorazm - Iberiya 1999 (Gruziya Respublikasi)
20 fevral. Xorazm - UFA FC (Rossiya Federatsiyasi)
23 fevral. Xorazm - Baltika (Rossiya Federatsiyasi)
26 fevral. Xorazm - Farde (Norvegiya Qirolligi)
Fikrlar