Xushnudbek Xudoyberdiev: Omadimiz kelsa, 0:0. Omadimiz kelmasa...

  • 25 mart, 13:37
  • Karim Xudayqulov
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralashi doirasida Eron terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv oldidan futbol jamoatchiligi, shuningdek, jamoat arbobi sanalgan boshqa soha vakillarining uchrashuv haqidagi taxminlari bilan qiziqdik.

Quyida huquqshunos, bloger hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Xushnudbek Xudoyberdievning o‘yinoldi fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

Ertangi uchrashuvda terma jamoamizni g‘alaba qozonishiga ishonyapsizmi? 

Tecno

- Ishonmayapman, lekin umid va duo qilyapman

O‘yin jarayoni sizningcha qanday kechadi? 

- Juda qiyin. Menimcha, saralash bosqichidagi eng og‘ir o‘yin bo‘ladi. Birinchidan, Eron o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Jahon chempionati yo‘llanmasini yirik hisobda g‘alaba qozonib, qo‘lga kiritishni xohlaydi. Shu sababli, masalan, 1:0 yutayotgan bo‘lsa ham, hujum qilishda davom etaversa kerak. Ikkinchidan, Eron uchun biz printsipial raqibmiz, musobaqaning ahamiyati va darajasidan qat’i nazar, ular doim biz bilan murosasiz o‘ynashadi.

- Taxminan, qanday hisob qayd etiladi va kimlar gol uradi?

- Omadimiz kelsa, 0:0 durangni saqlab qolamiz. Omadimiz kelmasa, 2:0 yoki 3:0 bo‘lishi mumkin. Ilohim, omadimiz kelsin.

- Umumiyroq savol. Termamizning ikkinchi o‘rinni olib, Jahon chempionatiga chiqish imkonyatini qanday baholaysiz?

- 60%. Ayrim nashrlar O‘zbekiston imkoniyati 90% dan baland baholayotgani meni hayron qoldirmoqda. Vaziyatga real qarasak, bunday katta imkoniyatimiz yo‘q. Masalan, Eronga o‘xshab bittagina durang, yoki hattoki bittagina g‘alaba ham bizni JChga olib chiqa olmasligi mumkin. Ahamiyatlisi, 8-turdan keyin bizning imkoniyatimiz ko‘payish o‘rniga pasayishi ham mumkin. Masalan, Erondan yutqazsagu, BAA va Qatar yutsa, imkoniyatimiz 50% ga tushadi. Mabodo, Xudo ko‘rsatmasin, BAAdan ham yutqazib qo‘ysak, unda 20-25% ga tushib ketadi. Xullas, bizni juda qiyin 3ta o‘yin kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
25/03/2025 17:37
Хушнуджон сизи махаллангиз уйнаса шундай жавоб берасиз бу Узбекистан уйнайди омад таланг 0.3...0. 2. Демасдан ука Ютади худо хохласа бугун
Абдухаликов Мухаммад
25/03/2025 16:46
Худо хохласа Эрондан очко олиб кайтамиз оллох футболчиларимизни кулласин
&
Бахтиёр М. И
25/03/2025 15:34
Эрондан очко ололмаск имконият пасайиб кетади. Чунки ББА очко олиш кийинрок нимага деганда улар учун биз билан уйин хаёт момот жанги булади. Эрон булса бизга юткизсаям имкониятини саклаб колади. Биз Эрондан очко олсак хаммаси уз кулмизда колади!!
&
Бахтиёр М. И
25/03/2025 15:26
Хозир бизни таркибиз Эрондан кучлирок. Бизни уйинчиларга ишонч керак холос!!! Бизникилар доим Эрон, Ж. Корея, Япония, Австралия яна Саудия шу жамоалар билан уйнаса узига булган ишончни йукотишади. Бошкача килиб айтсак оеклари калтирайди.
&
Болельщик
25/03/2025 14:00
Анча олдин ютгандик Эронни, Хушундга ухшаганлар ушандаям ишонмаганди, тем более у пайтла составимиз анча кучсиз эди. Худо хохласа ютамиз.
&
Баха 72
25/03/2025 13:57
Хушнудбек ука тугри айтдингиз бизда ютук булмайди. Чунки Эронда имконият катта. Киргизлар кандай кучли уйнайди. Эрон бу Эрон йигитларимиз чарчаб колган.