Xushxabar! Shahram G‘iyosov IBF kamari uchun ringga ko‘tarilishi mumkin

  • 6 iyun, 2024, 15:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Promuoter Eddi Xirnning ta’kidalishcha, 13 iyul kuni Filadelfiyada ringga ko‘tarilishi kerak bo‘lgan yarim o‘rta vaznda IBF yo‘nalishi chempioni Jeyron Ennis (31-0-28 KO)ga yangi raqib izlashga kirishildi. 

E’tiborlisi, nomzodlar orasida hamyurtimiz Shahram G‘iyoosov (15-0, 9 KO) ham bor. 

Avvaloroq, Ennisga raqib sifatida tanlangan Kodi Krouli noyabr oyida jarrohlik amaliyotidan o‘tgan. Ko‘zidagi muammolar sabab u jangdan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Shahram oxirgi jangini shu yilning 24 fevral oyida Pablo Sezar Kanoga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!