Xyoylunn, o‘rningga zo‘ri keladi

  • 3 iyul, 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” omadsiz transferlardan biri sifatida baholanayotgan Rasmus Xyoylunn o‘rniga boshqa o‘yinchi olishga qaror qildi.

Tecno

Daniyalik forvard  ikki yil davomida Angliya futboliga moslasha olmadi va o‘zi yaxshi ko‘nikkan Italiya chempionatiga qaytishga urinyapti.

Jurnalist  Lauri Uitvellning ma’lum qilishicha, “Ort Trafford” egalari markaziy hujumchi pozitsiyasiga Angliya terma jamoasi va “Aston Villa” forvardi Olli Uotkinsni olishni mo‘ljallayapti.

Bu to‘purarga anchadan beri “Arsenal” ham ko‘z tikib kelmoqda va shu bois transferni amalga oshirish manchesterliklar uchun ham oson bo‘lmaydi.

Transfermarkt portali ekspertlari 29 yoshli hujumchini 40 million evroga baholamoqda. Olli o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 54 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 17 ta gol va 14 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!