Yamal emas! Flik "Barsa"ning kelajagi qaysi futbolchi ekanini aytdi

  • 15.09.2026 10:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa tarkibida qoladigan misrlik hujumchi Hamza Abdulkarim bilan shartnoma uzaytirilgani haqida fikr bildirdi. Kecha e’lon qilingan kelishuvga ko‘ra, futbolchi 2030 yilgacha kataloniyaliklar sharafini himoya qiladi.

«Men juda xursandman. Hamza mavsum oldidan juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi va tarkibdan joy olish uchun boshqa futbolchilar bilan munosib raqobat qilmoqda. U klubimiz kelajagi uchun juda qimmatli transfer», — deya Flikning so‘zlarini futbol insayder Fabrizio Romano o‘z Telegram-kanalida keltiradi.

Hamza Abdulkarim yozda Misrning «Al-Ahli» jamoasidan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan edi. Rasmiy uchrashuvlarda hozircha maydonga faqat bir bor tushgan va gol yoki samarali uzatma bilan ajralib turmagan. 

Shu bilan birga, o‘rtoqlik o‘yinlarida u allaqachon «Barselona» tarkibida to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!