Yamal – jahon chempionati uchun katta yo‘qotish!

  • 18.05.2026 18:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” klubi va Ispaniya milliy terma jamoasi yetakchisi Lamin Yamal son orti paylari jarohatidan tiklanish jarayoni sabab jahon chempionatining dastlabki oʻyinlarini oʻtkazib yuboradi.

Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.

Ispanlar birinchi uchrashuvda AQSh vaqti bilan 15 iyun kuni Kabo-Verde milliy terma jamoasiga qarshi saf tortishi belgilangan.

Manba maʼlumotiga koʻra, Yamal mundialning aynan mana shu uchrashuvida ishtirok eta olmasligi tasdiqlandi.

Bundan tashqari, 21 iyun kuni boʻlib oʻtadigan Saudiya Arabistoniga qarshi ikkinchi oʻyinda ham Yamalning maydonga tushishi katta soʻroq ostida qolmoqda.

2026 yildgi jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanadada 11 iyundan 19 iyulgacha oʻtkaziladi. Ispaniya terma jamoasi guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvayga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!