Yamal odamlar uni Messi bilan solishtirishlari haqida: “O‘z tariximni yaratish men uchun muhim”

  • 5 sentabr, 2024, 21:56
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” hujumchisi Lamin Yamal odamlar uni Lionel Messi bilan solishtirishlari haqida fikr bildirdi.

- "Bunga e’tibor bermaslik kerak deb hisoblayman. Agar sizni tarixdagi eng yaxshisi bilan solishtirsa, demak siz to‘g‘ri ish qilyapsiz. Menga farqi yo‘q, men o‘zligimcha qolaman. O‘z tariximni yaratish men uchun muhim", - dedi 17 yoshli futbolchisi “Marca” nashriga.

 Yamal bu yil "Oltin to‘p"ga nomzodlardan biri hisoblanadi. Messi 30 ta nomzod qatoriga kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Lionel sakkiz marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Taqdirlash marosimi 28-oktyabr Parijda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!