Yamal Xoland va Mbappe rekordini barbod qildi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” vingeri Lamin Yamal “top-5” chempionatlarda 50 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Bu t arixiy natija Ispaniya La Ligasining 3-turida “Barselona” va “Rayo Valyekano” oʻrtasidagi uchrashuvda sodir boʻldi.
Bosh hakam Fransisko Xose Ernandez Maeso boshchiligida oʻtgan uchrashuv “Barselona”ning 5:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Shu kuni dublga erishgan Yamal birinchi toʻpini 21-daqiqada kiritdi. Bu gol tarixiy ahamiyat kasb etdi. Lamin 19 yosh, 1 oy va 18 kunligida top-ligalardagi 50-golli marrani zabt etib, “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland va “Real” forvardi Kilian Mbappening natijalarini yangiladi.
“Barselona” Ispaniya chempionatidagi ikki oʻyindan soʻng 6 ochko jamgarib, turnir jadvalidа beshinchi oʻrinda bormoqda. “Rayo Valyekano” bir ochko bilan 18- oʻrinda bormoqda.
Lamin Yamal yangi chempionatning uchala uchrashuvida maydonga tushib, ikkita gol kiritdi.

Fikrlar