
Yamalning narxi 400 million evrodan oshdi. Oladigan bormi?
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) ayni paytda jahon futbolida eng qimmat baholanayotgan o‘yinchilar reytingi va ularning narxlarini e’lon qildi.
“Barselona” bilan 2031 yilning yarmigacha davom etadigan yangi shartnomani imzolagan Lamin Yamal markaz ekspertlari tomonidan 402,3 million evroga baholangan.
Keyingi o‘rindan “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland joylashdi. Uning narxi 239,6 million evroga tenglashdi.
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) versiyasi bo‘yicha eng qimmat o‘yinchilar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Lamin Yamal (“Barselona”) — € 402,3 mln.
Erling Xoland (“Manchester Siti”) — € 239,6 mln.
Jud Bellingem (“Real” Madrid) – € 233,8 mln.
Kilian Mbappe (“Real” Madrid) – € 192,5 mln.
Jamol Musiala (“Bavariya”) – € 154,8 mln.
Pedri (“Barselona”) – € 143,7 mln.
Vinisius Junior (“Real” Madrid) – € 130,4 mln.
Koul Palmer (“Chelsi”) – € 126,5 mln.
Xulian Alvares (“Atletiko”) – € 126 mln.
Florian Virts (“Bayer”) – € 122,3 mln.
Fikrlar