
Yan Oblak APL grandiga o‘tishi mumkin
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak Premer-liga klubi safiga o‘tishi mumkin. "The Athletic" nashri xabariga ko‘ra, 29 yoshli sloveniyalik futbolchiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. London klubi Oblakni Ugo Lorisning o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, Yanning yuqori maoshi transferning amalga oshirishda to‘siq bo‘lib qolishi mumkin. Boisi, "Tottenxem" futbolchilarga ko‘p maosh berishga qodir emas.
Yan Oblak 2014 yildan beri "Atletiko"da o‘ynab keladi. Sloveniyalik futbolchi "matraslichlar" safida 367 ta o‘yin o‘tkazib, 281 ta gol o‘tkazib yuborgan.
"Transfermarkt" portali Yanni 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar