Yan Oblak "Atletiko" bilan shartnomani qancha muddatga uzaytirishi va qancha maosh olishi ma’lum
Madridning "Atletiko" klubi va Sloveniya terma jamoasi darvozaboni Yan Oblak “matraschilar” bilan imzolaydigan yangi mehnat shartnomasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, mahoratli posbon Ispaniya top-klubi bilan shartnomasini 2025 yilning yoziga qadar uzaytiradi. Avvalroq matbuotda futbolchining maoshi yiliga 12 million evrogacha oshirilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Oblakning "Atletiko" bilan amaldagi mehnat shartnomasi muddati keyingi mavsum oxirigacha tuzilgan.
29 yoshli Yan Oblak Madrid jamoasi safida 2014 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan 2021/2022 yilgi mavsum La Ligada 38 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 43 ta gol o‘tkazib yuborgan va 12 ta o‘yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar