Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev jangdan oldin uchrashdi (foto)

  • 4 may, 2023, 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentda davom etayotgan kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatida muxlisu mutaxassislar diqqat markazida turgan bokschilar Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev musobaqaga kirishishdan oldin uchrashdi.

Tecno

Sir emas, o‘ta og‘ir vazn toifasida bir necha yildan beri davom etib kelayotgan o‘zbek va qozoq pahlavonlari raqobati ko‘pchilikning e’tiborini qozongan.

O‘zaro raqobat Kunkabaev g‘alabalari bilan boshlangan bo‘lsa-da, keyinchalik ustunlik Jalolov tomoniga o‘tdi.

Ayni paytda Bahodir hisobida beshta, Qamshibekda uchta g‘alaba bor.

Har ikki bokschi jahon chempionatidagi ishtirokini 4 may kuni boshlandi. Undan oldin ular o‘zaro uchrashdi. Uchrashuvga oid suratlarni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi.

343974723_1428142557988539_6289837225844691192_n

Ikki gigant bokschi o‘ta og‘ir vazn toifasidagi ishtirokini jahon chempionatining 1/16 finalidan boshlaydi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, o‘zbek bokschisi Bahrayn sharafini himoya qilayotgan asli rossiyalik Danis Latipov bilan to‘qnash keladi. Bahodir Jalolov bo‘lajak raqibi bilan ilgari ikki marotaba to‘qnash kelgan. Birinchi jang 2020 yili Iordaniyada o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi saralash turnirida kuzatilgan. Unda hamyurtimiz keskin va murosasiz o‘tgan jangda bahraynlik bokschini ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Keyingi bellashuv o‘tgan yilning dekabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan “IBA chempionlari kechasi” turniri doirasida bo‘ldi. Abu-Dabidagi besh raundlik to‘qnashuvda ham Bahodir Jalolov raqibidan ustunligini isbotladi.

Qamshibek Kunkabaev Toshkentdagi birinchi jangini rossiyalik Aleksey Dronovga qarshi o‘tkazadi.

Jalolov ham, Kunkabaev ham jahon chempionatidagi ilk jangini o‘tkazish uchun bugun kechki payt – Toshkent vaqti bilan soat 20:00 dan keyin ringga ko‘tariladi.  

Jahon chempionatining qur’a jadvaliga e’tibor qaratsak, Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan taqdirda yarim finalda o‘zaro to‘qnash kelishini ko‘rishi mumkin.

Jalolovga kuchli raqib tushdi yoxud Kunkabaev bilan to‘qnashuv qachon?

Qozoq bokschisi chuqur nokaut uchun Shohjahondan o‘chini olmoqchi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!