
Bahodir Jalolov jahon chempionligi yo‘lida asosiy raqiblarini aytdi!
Joriy yilning 1-14 may kunlari Toshkentdagi Humo Arena majmuasida O‘zbekiston sporti tarixida ilk bor boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati tashkil etiladi. XXII jahon chempionatida dunyoning besh qit’asidan kelgan bokschilar 13 ta medallar jamlanmasi uchun ringga chiqadi.
Jahon chempionatining asosiy yulduzlaridan biri havaskor bokschilar o‘rtasida o‘ta og‘ir vazn toifasida jahon va olimpiada chempioni, jahon chempionati sovrindori, uch karra Osiyo chempioni Bahodir Jalolov bo‘ladi.
Bahodir Jalolov professional ringda ham mag‘lubiyatsiz faoliyat yuritayotgani va 12 ta jangning barchasini nokaut bilan yakunlagani uning imkoniyatlari juda yuqori ekanini dalolat beradi.
Mamlakatimizdagi themag.uz sayti jahon chempionati arafasida Bahodir jalolov bilan suhbat uyushtirdi.
O‘zbekistonlik boks muxlislari e’tiboriga ushbu suhbat davomida mashhur bokschimiz aytgan ayrim fikrlarni havola qilamiz.
- Afsuski, Toshkentga ayrim kuchli bokschilarning kelmaydi. Lekin bu borada hech narsa qilolmaymiz. Men o‘zim va jamoamiz uchun gapira olaman. Biz puxta tayyorgarlik ko‘ryapmiz va medallar uchun kurashga tayyormiz.
Belgraddagi jahon chempionatidan keyin ikki yil o‘tdi, sportga yangi yigitlar kirib keldi, klarning ko‘pi bilan hali to‘qnash kelmaganmiz. Lekin ularning imkoniyatlarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqyapmiz. Bugungi kunda har bir terma jamoada kuchli bokschilar bor. Biroq men qozog‘istonlik va kubaliklarning imkoniyatini yuqori baholayman. Ayniqsa, Kamshibek Kunkabaev va barcha kubalik bokschilar kuchli.
Jahon chempionatiga tayyorgarlik avjida. Biz terma jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev boshchiligida kubalik murabbiylar bilan faol shug‘ullanyapmiz. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahal, haftada besh-olti marotaba Rossiya, Ukraina, Xorvatiya bokschilari bilan sparringlar tashki etildi.
Jang oldidan hech qanday irim yoki alohida odatlarim yo‘q. Yaxshilab dam olsam, shuning o‘zi kifoya. Yaxshi uyqu va hordiq menga ringda yaxshiroq ishlash imkonini beradi.
O‘zimdan kelib chiqib ayta olamanki, har bir sportchi birinchi navbatda ruhiy tomondan tayyor bo‘lishi kerak. Shundagina salmoqli natijalarga erisha oladi. Jismoniy tomondan tayyorgarligingiz qanchalar yuqori bo‘lsa ham, psixologiya zaif bo‘lsa, g‘alabaga erisha olmaymiz. Buni har doim yodda tutish kerak, - dedi Bahodir Jalolov.
Eslatib o‘tamiz, boks olami Toshkentdagi jahon chempionatida ikki kuchli bokschi – Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev to‘qnashuvini kutmoqda. Bu bokschilarning o‘zaro hisob-kitobida 5:3 hisobida o‘zbek bokschisi oldinda bormoqda.
Kuba boksi afsonasi: Eng zo‘ri Jalolov va u hali Tayson Fyuri, Usik va Joshua bilan to‘qnashadi!
O‘zbekiston g‘alabaga chanqoq!
Qozog‘istonlik bokschi jahon chempionatida Bahodir Jalolov g‘alabasiga ishonmoqda!
"Jahon chempionati-2023": O‘zbek bokschilari o‘zi uyida hech kimga “non” bermaydi!
Fikrlar