Yana "Barsa" uchun sinov yoxud tarix takrorlanadimi?

  • 31 iyul, 2023, 18:47
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" ayni paytda Dallasda bo‘lib turibdi. Jamoa bir kun oldin "Real" bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etib, g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Xavi shogirdlarida standart vaziyat yuzaga keldi va kutilmagan kombinatsiya amalga oshirildi. Pedrining ajoyib pasini Dembele darvozaga "mixlab" qo‘ydi. Gol urgan frantsuz yana "Barsa" muxlislari tomonidan ko‘klarga ko‘tarilib, jamoaning asosiy liderlaridan biri, deb turilgan paytda Usmon AQShdan Frantsiyaga uchib ketishi mumkin. 

Tecno

2021 yilning qishida "Barsa" rahbariyati Dembelega shart qo‘yadi: "Yo hozir shartnomani uzaytirasan yoki mavsumning qolgan qismini zaxirada o‘tkazasan". O‘sha paytda unga yaxshi taklif kelmagani uchun klubda qoladi. Ammo Xavi vingerga ishonch bildirishda davom etdi va futbolchi yorqin o‘yinlar ko‘rsatishni boshlaydi. Keyin esa shartnomasini 2024 yilgacha uzaytiradi. Tovon puli esa 50 million evro qilib belgilanadi.

Barcelona ismijana zbog načina objave produženja ugovora s Dembeleom 

Oradan bir yil o‘tgach Ispaniya grandi Dembele bilan uzoq yillik, aniqrog‘i, 2027 yilgacha amal qiladigan bitim imzolamoqchi bo‘ldi. 25 yoshli vinger ham bunga qarshi emas. "Barsa" bu ishni mavsumoldi turnedan qaytgach amalga oshirishni reja qilib qo‘ydi. Bu klubning qilgan yana bir katta xatosi bo‘lishi mumkin. 

PSJ bitta chap qanot vingeri qidirib yurgandi. Parijliklar "Lion" vakili Barkalo uchun 30 million evro taklif bilan chiqdi. Ammo rad javobini oldi. Rahbariyat shundan keyin boshqa variantlarni ko‘rib chiqishni boshladi va ular orasida Usmon Dembele ham bor edi. 

Rasm

Frantsiyalik futbolchi PSJdan kelgan taklifga rad javobini bermadi. Ammo hali Parij jamoasiga o‘tishga rozi bo‘lgani ham yo‘q. Eng qizig‘i, uning agenti Musa Sissoko zudlik bilan Dallasga etib bordi va mijozini PSJga o‘tishga ko‘ndirish uchun harakat qildi. Dembele dastlab tomonlar kelishuvga erishsagina, Parij klubiga o‘tishga rozi bo‘lishini aytgan. Yakunda esa muzokaralar boshlanmasidan oldin futbolchi o‘z mamlakatiga qaytishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda. Uning agenti PSJ bilan 5 yillik shartnoma borasida og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan. Ammo hali hech nima yakuniga etmadi. Sababi, bugun PSJ 50 million evrolik tovon pulini to‘lash imkoni bor. 1-avgustdan futbolchining tovon puli 100 million evroga aylanadi. Ispaniyaning bir qator nashrlari klub bunga ulgura olmaslik ehtimoli yuqori, demoqda. Dembele esa "Barsa"dan muzokaralar o‘tkazishini so‘rayapti. 

Xavi Dembeleni olib qolishga harakat qilmoqda. U klubga endi kelganida ham Usmon zo‘r futbolchiligini, undan ikkala qanotda ham foydalanishini aytgandi. Ammo endi bu ishni Luis Enrike amalga oshirishi mumkin. Dembelening ketishi "Barsa" uchun foydali taraflari ham mavjud. 

Rasm

Moliyaviy jihatdan qiynalayotgan kataloniyaliklar bir nechta katta transferlarni amalga oshirmoqchi. Usmon ketganidan keyin jamoa birinchi navbatda "Manchester Siti"dan Joau Kanseluni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakatni boshlaydi. Tez orada manchesterliklar bilan muzokaralar boshlanishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Bernardu Silva ham "Barselona" radariga tushgan. "Siti" yarim himoyachiga yangi shartnoma tayyorlamoqda, lekin so‘nggi qarorni portugal chiqaradi. ShunigdekIvan Fresneda bo‘yicha "Real Valyadolid"ga rasmiy taklif ham yuborildi. Dembele ketganidan keyin jamoada Ez Abde qoladi. U avvalroq "Real Betis"ga o‘tishga rozi bo‘lgani va bu transfer tez orada e’lon qilinishi haqida xabarlar chiqqandi. Ammo vaziyat o‘zgarib ketdi va marokashlik vinger "ko‘k-anorranglilar" safini tark etmaydi. Bundan tashqari yana bir qancha futbolchilar jamoani tark etishi mumkin.

Rasm

Dembelening kutilmaganda bu qarorga kelgani ham qiziq. Uning klubda ketmoqchi ekanligi borasida hattoki mish-mishlar ham yo‘q edi. "Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicharahbariyatga Deko kelganidan keyin Usmon asosiy tarkibda ko‘p vaqtini o‘tkazishiga shubha bilan qaragan. Sababi portugaliyalik mutaxassis Rafinyaning agenti hisoblanadi va unga ko‘proq imkoniyat beriladi, deb o‘ylagan. Rafinya klubda qolish ehtimoli yuqori. Unga bir qator klublardan qiziqishlar bo‘lishiga qaramay Xavi uni olib qolmoqchi emish.

Suhrob Xolbekov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!