
Yana bir Superkubok uchrashuvining mezboni aniq bo‘ldi
Shu yilning 19 mart kuni ayollar o‘rtasida O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda O‘zbekiston chempioni va mamlakat kubogi sohibi sifatida "So‘g‘diyona-W" hamda vitse-chempion sifatida "Bunyodkor-W" jamoalari o‘zaro saf tortadi.
Uchrashuvni neytral maydonda va yuqori saviyada tashkil etish zaruriyatidan kelib chiqib, mazkur bellashuvni o‘tkazishda "Lokomotiv" stadionidan foydalanishga qaror qilindi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, 19 mart kungi bellashuv 16:00da start oladi.
Fikrlar