Yana bir yil ishlasam bo‘lardi! Gvardiola “Siti”dan ketganining asl sababini aytdi
“Manchester Siti”ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘tgan mavsum yakunlangandan keyin nima uchun klubni tark etishga qaror qilganini tushuntirdi.
- Mening “Manchester Siti” bilan yana bir yillik shartnomam bor edi, shuning uchun qolishim ham mumkin edi.
Ammo menda endi eng yuqori darajada ishlash va har uch kunda bir marta o‘yin o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan energiya qolmaganini his qila boshlashim, - dedi Gvardiola jurnalistlarga bergan intervyusida.
Ispaniyalik mutaxassis “Manchester Siti”ni 2016 yildan 2026 yilgacha boshqardi.
Uning rahbarligi ostida jamoa olti marta Angliya chempioni bo‘ldi, Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi va yana ko‘plab boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritdi.
“Shaharliklar”ning yangi bosh murabbiyi etib “Lester” va “Chelsi”ning sobiq ustozi Enzo Mareska tayinlandi.

Fikrlar