Yana bir yulduz jahon chempionatiga borolmaydigan bo‘ldi

  • 22.04.2026 07:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Everton” himoyachisi Jarred Brentueyt jarohati sabab joriy mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi va katta ehtimol bilan 2026 yildagi jahon chempionatida ham ishtirok etmaydi.

Bu haqida The Athletic xabar bermoqda.

Futbolchi mazkur jarohatni Angliya Premier-ligasining 33-turidan o‘rin olgan “Liverpool”ga qarshi o‘yinda (1:2) olgan. U o‘yinning 87-daqiqasida zahiraga olindi va  keyinchalik “Hill Dickinson” stadionidan qo‘ltiqto‘qlarda chiqib ketgan.

Joriy klub mavsumida Brentueyt 10 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 45 million evroni tashkil etadi.

23 yoshli futbolchi Angliya milliy terma jamoasi safida bitta uchrashuvda ishtirok etgan va 2026 yildagi mundialga borishga dav’ogar o‘yinchilardan biri edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!