
Yana bir yulduz jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba JCh-2022ni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Frantsiyalik futbolchi yaqindagi "Yuve" mashg‘ulotlariga qaytgandi. "La Gazzetta dello Sport" nashrining yozishicha, Pol yangi jarohat olgan. Havbek uzoq vaqt o‘yin amaliyotisiz qolganligi sababli son mushaklarini shikastlab olgan. Pogba kamida 10 kunga safdan chiqdi.
Qayd etilishicha, Pol ushbu jarohat tufayli 20 noyabr kuni Qatarda boshlanadigan mundialda ishtirok etmasligi mumkin. Terma jamoalar yakuniy ro‘yxatni 13 noyabr kuni e’lon qilishi kerak.
Fikrlar