Yana bir yulduz uchun mavsum tugadi
“Tottenxem Hotspur” hujumchisi Dominik Solanke son orqa qismi jarohati tufayli bu mavsumda boshqa o‘ynay olmaydi.
U jarohatni o‘tgan shanba kuni “Vulverxempton”ga qarshi 1:0 hisobidagi g‘alabali bahsda olgan edi.
Qo‘shimcha tekshiruvlar mushak yorilishini ko‘rsatdi va tiklanish 3 haftadan 8 haftagacha davom etadi. Bu esa 28 yoshli forvardga Premier-ligadagi qolgan to‘rt o‘yinda qatnashish imkonini bermaydi.
Shu tariqa, Solanke mavsumni barcha musobaqalarda 20 o‘yin va 6 gol bilan yakunlaydi. U avvalroq to‘piq jarohati tufayli ham ancha vaqt maydondan tashqarida bo‘lgan.
Shuningdek, jamoa qolgan o‘yinlarda Kristian Romero, Xavi Simons va Muhuammad Qudussiz ham qolishi mumkin. Gulyelmo Vikariyo hamda Deyan Kulusyevskiyng holati ham noaniq bo‘lib turibdi.

Fikrlar