"Сити" yangi yulduzni ikki grand bilan talashyapti

  • 27.07.2026 16:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«PSJ»ga tegishli bo‘lgan 18 yoshli hujumkor futbolchi Ibraim Mbayega Yevropaning yetakchi klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida RMC Sport jurnalistlari xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, yosh va istiqbolli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish niyatini «Borussiya», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti» hamda yana bir nechta katta klub bildirgan.

Parij klubi esa yaxshi taklif tushsa, Mbayeni sotish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor. «PSJ» transfer orqali kamida 50 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

2025/2026 yildgi mavsumda yarim himoyachi Frantsiya chempionati doirasida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi. U shu vaqt mobaynida uchta gol urdi va ikki bor golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!