Yapon madaniyati braziliyaliklarni hayron qoldiryapti

  • 23.05.2020 11:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyaning “Botafogo” klubida faoliyat olib borayotgan yaponiyalik futbolchi Keysuke Xonda koronavirus paytida klubga yordam berish uchun o‘z maoshlaridan voz kechyapti.

“Xonda – boshqacha odam, u shunchaki odamlarga yordam bermayapti, balki mart oyidan buyon maoshini ham olishni xohlamayapti. U Braziliya va butun dunyodagi vaziyat haqida qayg‘urmoqda. U bunday vaziyat maosh olishga xijolat bo‘lyapti. Agar kerak bo‘lsa, klubga yordam berishga tayyorligini bildirdi. U butkul boshqa madaniyat odami”, - deydi “Botafogo” klubi direktorlar kengashi a’zosi Karlos Montenegro.

Xonda bu mavsum Braziliya chempionatida bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!