Yarim engil vaznda yangi chempion aniqlandi!

  • 13.04.2025 09:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Hozirgina "UFC 314" turniri o‘z nihoyasiga etdi.

Uning asosiy to‘qnashuvida Aleksandr Volkanovski va Diego Lopes o‘zaro jang qildi. Shiddatli va murosasiz kechgan bahsda avstraliyalikning qo‘li baland keldi. U hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozonib, yarim engil vaznda chempionga aylandi.

Shu tariqa Aleksandr o‘z kamarini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!