
Yaxshi niyat bilan boshlaymiz! Bugun O‘zbekistonni muhim bellashuv kutib turibdi
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashi Osiyo mintaqasi 3-raundi doirasida KXDR terma jamoasiga bahs olib boradi.
Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi. Termamiz JCh saralashi Osiyo mintaqasining "A" guruhidan o‘rin olgan. Guruhimizdan Eron, Qatar, BAA, Qirg‘iziston va bugungi raqibimiz KXDR terma jamoasi o‘rin olgan.
O‘yin Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvni o‘monlik Ahmad Abu Bakar Al Kaf boshqarib boradi.
Fikrlar