
Yaxshiboev jamoasining g‘alaba goliga assistentlik qildi (video)
Bugun hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarovlar to‘p surayotgan "Energetik-BGU" klubi Belarus chempionatining 2-turida Brestda "Rux" klubi mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, uchrashuvdagi yagona golga hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev assistentlik qildi. Quyida ushbu golni tomosha qilishingiz mumkin:
Eslatib o‘tamiz, Yaxshiboev ilk turda BATE darvozasiga 2 ta gol urgan edi.
Fikrlar