
Yaxshiboev “taxt”ni hech kimga bermaydi!
Belarus chempionatining 23 ta turi yakuniga ko‘ra, musobaqaning eng foydali futbolchilari reytingida o‘zbekistonlik legioner Jasurbek Yaxshiboev hamon peshqadamlik qilmoqda. Ta’kidlash lozimki, hamyurtimiz bu reytingda birinchi turdan buyon eng yuqori pog‘onani band etib kelmoqda. U barqaror o‘yin ko‘rsatayotgani bois, har turda muhim ballarni jamg‘arib bormoqda va ta’qibchilar bilan o‘rtadagi farq o‘syapti.
23-tur uchrashuvida hamyurtimiz “Vitebsk” darvozasini ishg‘ol qilib, “Shaxtyor”ning 5:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. Jasur Yaxshiboev 13 ta gol bilan to‘purarlar bahsida ham birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Belarus chempionatidagi eng foydali futbolchilar reytingi bilan tanishing:
Fikrlar