Yaxshiboevdan "Legiya"ning umidi katta!

  • 17 aprel, 2021, 22:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yarim himoyachi Jasur Yaxshiboev joriy mavsumdan Polshaning "Legiya" jamoasi safida harakat qilmoqda. Varshava klubining sport direktori Radoslav Kuxarskiy yangi qo‘shilgan futbolchilar qolaversa, Jacur haqida ham fikr bildirdi.

"Jasur o‘tgan mavsum Belarus chempionatida porlagandi. U 27ta o‘yinda 16ta gol urgan va 6ta golga assistentlik qilgan. Yaxshiboev chempionatning eng yaxshi futbolchilaridan biri edi. Bu uning birinchi marta Evropada o‘ynashi. Turli sabablarga ko‘ra, u safimizga kechroq kelib qo‘shildi. Jamoaga moslashib ketishi uchun vaqt kerakligini tushungan edik. Sababi, u so‘nggi bor noyabrda o‘ynagandi. Jasur tarkibimizga tayyorgarliksiz kelib qo‘shildi. 

Yaxshiboevga Osiyoning bir nechta jamoalaridan takliflar bor edi. U uchun raqobat kuchli edi. Biz Jasur borasida biroz sabrli bo‘lishimiz kerak. U ilk bor bunday katta jamoada o‘ynamoqda, biroq mashg‘ulotlarda qolgan futbolchilar bilan bir xilda shug‘ullanyapti. Ko‘rasiz, u jamoa uchun kerakli bo‘la oladi", - dedi Radoslav.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!