
Yaxshiboevga hech kim etolmayapti
Belarus chempionatining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun tuzilgan reytingda hamon o‘zbek legioneri Jasur Yaxshiboev peshqadamlik qilmoqda. Oliy liganing birinchi turidan eng yuqori pog‘onani o‘ziniki qilib olgan hamyurtimiz, tobora ta’qibchilari bilan farqni yiriklashtirib bormoqda.
19-tur uchrashuvida “Smolevichi” darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan Jasur eng yaxshi futbolchilar reytingidi va to‘purarlar bahsidagi etakchilik mavqeini yanada mustahkamladi.
Belarus chempionati. 19 tur yakunlari bo‘yicha reyting:
J.Yaxshiboev (“Shaxtyor”, “Energetik-BGU”) — 5.74 (17 o‘yin)
I.Stasevich (BATE) — 5.53 (18)
Yu.Szoke (“Shaxtyor”) — 5.47 (15)
Gabriel Ramos (“Torpedo-BelAZ”) — 5.44 (17)
N.Antich (“Shaxtyor”) — 5.43 (15)
V.Lisakovich (“Shaxter”) — 5.43 (18)
G.Kadimyan (“Nyoman”) — 5.42 (18)
P.Nexaychik (BATE) — 5.39 (18)
R.Stepanov (“Rux”) — 5.35 (10)
E.Filipenko (BATE) — 5.35 (13)
Fikrlar