Yaya Ture "Barselona"ga yordam berishga tayyor

  • 03.10.2021 17:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Hozirda "Axmat" klubining murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan Yaya Ture “Barselona”dagi vaziyat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Barselona"da futbolchilik faoliyatimdagi eng yaxshi davrlardan birini o‘tkazganman. Men hali yuqori ligada o‘zimni ko‘rsatmagan yosh futbolchi bo‘lganimda, klub menga ishonishga qaror qildi. Shu bois men bu jamoadan hamisha minnatdorman.

"Barselona" hozirda qiyin davrni boshidan kechirmoqda, lekin mening klubga bo‘lgan ishonchim kuchli. Agar kerak bo‘lsa, men har doim, istalgan vaqtda "Barsa" uchun yordamga tayyorman. Klub va uning muxlislari mening yuragimda abadiy qoladi", - dedi Ture.

"Barselona" La Liga musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!