Yaya Ture faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

  • 12 dekabr, 2018, 11:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kecha “Olimpiakos” bilan shartnomasini bekor qilgan yarim himoyachi Yaya Ture faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda 35 yoshli kot-d’ivuarlik futbolchiga Sankt-Peterburgning “Zenit” klubidan qiziqishlar mavjud. Qolaversa, futbolchining agenti Dmitriy Selyuk ham qishki transferlar davrida Ture birorta klub bilan shartnoma imzolashini tasdiqladi.

“Ture kabi futbolchi har qanday klubga ortiqchalik qilmaydi. U klub miqyosida barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan top saviyadagi futbolchi. Yanvarda transfer derazasi ochiladi va biz uning transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqamiz. Turening o‘zi ham hali yana futbol o‘ynamoqchi. O‘ylaymanki ko‘plab jamoalar Tureni nafaqat futbolchi, balki o‘z maslahatlari bilan jamoaga yordam bera oladigan inson sifatida ham o‘z saflarida ko‘rishni xohlashmoqda”, - deydi agent.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!