“Yil kashfiyoti” nominatsiyasi nomzodlari e’lon qilindi
Laureus World Sports Awards xalqaro mukofoti "Yil kashfiyoti" nominatsiyasida 2026 yil nomzodlarini e’lon qildi. Nufuzli mukofot uchun "Formula-1" chempioni Lando Norris, NBA yulduzi Shey Gilges-Aleksander va mukofot tarixidagi eng yosh nomzodga aylangan xitoylik 12 yoshli suzuvchi Yuy Szidi kurash olib boradi.
Mukofotlarni topshirish marosimi Madridda bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar Laureus World Sports Academy hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi. Yosh sportchilarni yoki karerasida sifatli sakrashni amalga oshirganlarni e’tirof etuvchi nominatsiyada oltita da’vogar taqdim etilgan.
Lando Norris (avtosport). U mavsumning so‘nggi poygasida Maks Verstappenni ikki ochkoga ortda qoldirib, birinchi marta Formula-1 chempioni bo‘ldi.
Shey Gilges-Aleksander (basketbol). U NBA tarixida bir mavsumda muntazam chempionatning eng yaxshi o‘yinchisi, finalning eng yaxshi o‘yinchisi va eng yaxshi to‘purar unvonini qo‘lga kiritgan to‘rtinchi basketbolchiga aylandi.
Luk Littler (darts). 18 yoshida u PDC jahon chempionatida g‘olib chiqdi va uchlik tojini (Jahon chempionati, World Matchplay va Premier-liga) qo‘lga kiritdi.
Dezire Due (futbol). PSGdagi debut mavsumida u Chempionlar Ligasi finalida ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Joao Fonseka (tennis). 19 yoshli braziliyalik "Katta dubulğa"ning to‘rtta turnirida ham debut qilgan.
Yuy Szi-di (suzish). 12 yoshli xitoylik qiz suv sporti bo‘yicha jahon chempionatida 4×200 metrgа erkin usulda estafeta bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritib, Laureus tarixidagi eng yosh nomzodga aylandi.
Laureus mukofoti 2000 yildan beri beriladi. O‘tgan yillarda "Yil kashfiyoti" nominatsiyasida Lyuis Hemilton, Mark Markes va Rafael Nadal kabi yulduzlar g‘olib bo‘lgan.
Fikrlar