Yilning eng yaxshilari e’lon qilindi. "The Best" sovrinining yana bir sohibi!
FIFA tomonidan yilning eng yaxshilari uchun "The Best" sovrini topshirildi.
Milan shahrida bo‘lib o‘tayotgan marosimda yilning eng yaxshi ayol futbolchisi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Megan Rapino yilning eng yaxshi ayol futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi. Ushbu mukofot uchun Rapionodan tashqari, Aleks Morgan va Lyusi Bronz ham da’vogarlik qilishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, marosim davomida yilning eng yaxshi futbolchisi uchun sovrin ham topshiriladi. Ushbu mukofotga Ronaldu, Messi va van Deyk da’vogarlik qilishmoqda.

Fikrlar