Yo Levandovski, yoki Xoland!
“Bavariya” rahbariyati asosiy to‘purar Robert Levandovski yozda jamoani tark etsa, o‘rniga “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni transfer qilmoqchi.
Myunxenliklar mavsum oxirida norvegiyalik hujumchini 75 million evroga xarid qilishni rejalashtirmoqda. Ular o‘yinchining agenti Mino Rayolaning 40 million evrolik gonorari va Xolandning otasiga ulushini berishga ham tayyor.
Avvalroq, 21 yoshli hujumchi uni taklif qiladigan jamoa yiliga 30 million evro maosh berishi kerakligini e’lon qilgan edi.
“Bavariya”ga rejasini amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Chunki Evropaning bir qator grand klublari Xoland transferi uchun Bundesliga etakchisidan ko‘proq mablag‘ va o‘yinchining o‘ziga kattaroq maosh berishga tayyor.

Fikrlar