
Yosh futbolchi Frantsiyada eng zo‘r o‘yinchi bo‘ldi
“Marsel” jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi Maksim Lopes Frantsiya chempionatining dekabr oyidagi eng zo‘r futbolchisi, deb e’lon qilindi.
Bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun iste’dodli futbolchi “Lion” etakchisi Mate Valbuena va “Gengam” hujumchisi Jimmi Brianni ortda qoldirdi. O‘tgan oyda Maksim Lopes “Marsel” tarkibida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli pasga mualliflik qildi.
Mavsum davomida esa Maksim Lopes Frantsiya chempionatida 13 ta uchrashuv o‘tkazgan.
SPORTS.uz
Fikrlar