Yosh futbolchi yong‘inda qurbon bo‘ldi

  • 06.01.2026 23:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kelib chiqishi Kataloniyaga borib taqaladigan ikki sport turi – karting va futbol bilan shugʻullanib kelayotgan 18 yoshli Xoakim van Tyüne Shveytsariyaning Kran-Montana togʻ-chanğı kurortida Yangi yil kechasida sodir boʻlgan fojiyada halok boʻldi.

Bu haqida Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Van Tyüne Shveytsariyaning “Lyutri” futbol klubi sharafini himoya qilgan. Yaqinlarining maʼlum qilishicha, yigit Lozanna shahrida (Shveytsariya) dafn etiladi, shundan soʻng Ispaniyaning Sant-Kugat-del-Valyes shahrida xotira marosimi — motam ibodati oʻtkaziladi.

Xoakim futbol bilan bir qatorda karting bilan ham shugʻullangan. Yosh sportchining vafoti munosabati bilan karting boʻyicha jahon chempionati matbuot xizmati (FIA Karting Championship) ham hamdardlik bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, Kran Montana togʻ-chanğı kurortidagi oʻsha mudhish yongʻinda Fransiyaning “Mets” jamoasi himoyachisi Tairis Dos Santos kuchli kuyish jarohatini olgani va davolash uchun Germaniyaga olib ketilgani xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!