
Yosh hamyurtimiz Ispaniyaning "Rayo Valekano" klubi safida gol urdi! (Video)
"Nasaf" tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Islom Kenjaboev Ispaniyaning "Rayo Valekano" jamoasi safida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchi o‘zining "instagram"dagi sahifasiga gol videosini joylagan.
Gap shundaki, Islom "Rayo Valekano" yoshlar jamoasi tarkibida harakat qilmoqda. U yozda klub uchun tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgandi.
19 yoshni qarshilagan futbolchining “Nasaf” bilan 2025 yil oxirigacha imzolagan shartnomasi bor. Agar tomonlar kelisha olsa, Madrid klubi qishda Kenjaboevni transfer qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kenjaboev O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zosi ham hisoblanadi.
Fikrlar