
Yosh tennischimizning shashdi baland
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Shymkent Open" musobaqasining juftlik bahslarida Sergey Fomin chorak finalga yo‘l oldi.
Sergey mazkur yo‘nalishda qozog‘istonlik Dostanbek Tashbulatov bilan rus tennischilari – Konstantin Kravchuk va Aleksandr Pavlyuchenkovni 4:6, 6:3, 10-8 hisobida taslim qildi.
Endi ular chorak finalda hindistonlik Sidhart Ravat hamda Manish Sureshkumarga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar