Yosh yulduz Alonso qo‘l ostida "Chelsi"dagi kelajagidan xavotirda

  • 03.09.2026 07:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi»ning yosh vingeri Estevao Villian jamoadagi o‘rni borasida xavotirga tushgan. ESPN Brasil xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi o‘z yaqinlari davrasida bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida muntazam o‘yin amaliyotidan mahrum bo‘lishdan qo‘rqishini aytgan.

19 yoshli Estevao o‘zini markazga yaqinroq pozitsiyada erkinroq his qiladi. U qanotda o‘ynaganda jismoniy tayyorgarlikka talab yuqori bo‘lishini, bu esa undan ko‘proq kuch va hajm talab qilishini yaxshi tushunadi. 

Vunderkindning fikricha, mushak massasini oshirish unga xos bo‘lgan engillik va chaqqonlikni yo‘qotishi, texnik mahoratiga tayangan o‘ziga xos o‘yin uslubidan voz kechishga majbur qilishi mumkin.

Shunga qaramay, Estevao Londondagi hayotidan mamnun va «Chelsi»ni tark etish niyati yo‘q. Biroq agar Xabi Alonso uni maydonga kam tushirishda davom etsa, yosh hujumchi qishki transfer oynasida jamoani o‘zgartirish masalasini ko‘tarishi ehtimoldan xoli emas.

Joriy mavsum Angliya premer-ligasidagi ikki o‘yinda Villian jami yetti daqiqa maydonga tushirildi, Liga kubogi doirasidagi «Luton»ga qarshi bahsda esa asosiy tarkibda maydonga tushib, 80-daqiqada almashtirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!